Ronalduga tanqid toshi otildi
Italiya terma jamoasida porlagan sobiq hujumchi Antonio Kassano “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronalduni keskin tanqid qildi.
- Men doim Ronaldu fenomen ekanini aytganman. Balki u milliardlab gol urgandir, lekin hozir muammolar girdobida qolgan. U Andrea Pirlo “Yuve”da qurayotgan o‘yin mohiyatini umuman tushunmayapti, yangi uslubga moslashmoqchi emas.
Ronaldu har doim xudbin bo‘lgan va shundayligicha qoladi. Unga boshqalarning qizig‘i yo‘q, doim o‘zi gol urishni istaydi. U futbol ichida yashamaydi, faqat o‘zini o‘ylaydi. Lekin uning bu holati bugungi “Yuventus”ga to‘g‘ri kelmaydi. Klub o‘zgaryapti, Ronaldu esa qotib qolgan. Keling, tan olaylik, hamma narsaning o‘z vaqti bor. Ronalduning davri oxirlab bormoqda, - dedi Kassano.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda 23 ta gol urdi va uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar