Ronalduga xaridor jamoa topildi
Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini APLni tark etishga tayyorlanmoqda. "Sky Sports" nashri jurnalistlarining xabar berishicha, 37 yoshli hujumchi faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.
Avvalroq, Evropa OAVlarida "Napoli" Krishtianuning transferini amalga oshirishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Neapolliklar yanvar oyida futbolchiga taklif bilan chiqishga tayyor.
Ronaldu yozda mankunianliklar safini tark etmoqchi edi, ammo xaridor jamoalar bilan kelisha olmadi. Uning “qizil iblislar” bilan shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.
Bu mavsumda Krishtianu Angliya Premer-ligasida atigi bitta gol urdi.

Fikrlar