Ronalduga yana bir xaridor bor

  • 31.10.2022 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdan ketmoqchi bo‘layotgani haqidagi xabarlar hali barham topgani yo‘q.

Ayniqsa, yaqinda portugaliyalik yulduz o‘z yurtida yangi uy-joy sotib olgani haqida zabar tarqatilganidan keyin bu mavzu yana avch oldi.

Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini boshlagan “Sporting” 37 yoshli hujumchiga yana boshpana berishi mumkinligi aytilmoqda. “Sporting” bosh murabbiyi Ruben Amorim klub Ronaldu darajasidagi yulduzni taklif qilishga imkoniyati yo‘qligini ta’kidlagandi.

Biroq, The Mirror nashri lissabonliklar yanvarda Ronaldu transferini so‘rab, “Manchester Yunayted”ga murojaat qilishini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!