Ronalduga yoqmaydigan xabar. Yangi o‘yinchiga undan ko‘p maosh beriladi!

  • 2 avgust, 2022, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona” pleymeykerini jamoaga o‘tishini katta maosh orqali hal qilmoqchi.

Tecno

Niderlandiyalik futbolchi Manchesterga keladigan bo‘lsa, unga haftasiga 540 ming evro to‘lanadi. Ayni paytda manchesterliklarning eng katta maosh olayotgan futbolchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi.

Aslida portugaliyalik to‘purarning “Yuventus”dan transfer qilingandagi haftalik xizmat haqi 575 evro bo‘lishi ko‘rsatilgan. Biroq jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun ushbu summa 430 ming evroga pasaytirildi.

“Manchester Yunayted” va “Barselona” Frenki de Yongning transferi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan. Angliya klubi endi niderlandiyalik yarim hitmoyachini jamoani almashtirishga ko‘ndirishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!