Ronalduni kutyapmiz!
“Manchester Yunayted” pleymeykeri Brunu Fernandesh hamyurti va jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
- Biz bir necha hafta oldin gaplashgandik. Hozir ikkiiz ham ta’tildamiz. Ta’til paytida hech kimni bezovta qilib bo‘lmaydi.
Men Ronalduni “Manchester Yunayted”ning mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida ko‘rishga umid qilaman. Bor gap shu.
Har kim ham o‘z kelajagi haqida qayg‘uradi. Men klub Ronaldu singari futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor ekaniga ishonmayman, - dedi Brunu Fernandesh.
Evropa matbuotida Ronaldu kelasi mavsum oldidan jamoasini almashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Xususan, “Roma” ham tez orada portugaliyalik yulduz transferini amalga oshirmoqchi ekani aytilmoqda.

Fikrlar