Ronalduni to‘xtatib bo‘lmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining "Brentford"ga qarshi o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, futbolchi faoliyati davomida 168-jamoaga gol urishga erishdi. 

Bundan oldin portugaliyalik 122 klub va 45 terma jamoa darvozasini ishg‘ol qilgandi. "Brentford" ushbu ro‘yxatga 168-o‘rinda qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu joriy mavsum APLning 28 bahsida ishtirok etishga ulgurdi. Shu o‘yinlarda u o‘z hisobiga jami 17 gol va 3 assistni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abduvali Rustamov
03/05/2022 09:49
G.O.A.T