Ronalduni "Udineze"ga taklif qilishmoqda
“Udineze” Italiya chempionatining yangi mavsumini ajoyib boshladi. Ettinchi turdan keyin klub 16 ochko jamg‘arib, “Napoli” va “Atalanta”dan bir ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Udineze” darvozaboni Marko Silvestri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Krishtianu Ronalduni belgilab, uni o‘z jamoasiga taklif qildi. "Udineze" matbuot xizmati esa futbolchining postini ulashib, izohlarda smaylik qoldirdi.
Aytish joizki, Krishtianu Ronaldu 2022/2023 yilgi mavsumni yomon boshlagan. Sakkizta o‘yinda maydonga tushgan portugaliyalik hujumchi atigi bitta gol urdi.

Fikrlar