
Ronalduni yoniga qo‘yib yubormasangiz, jamoangizda o‘ynamayman!
“Manchester Yunayted” rahbariyati bir necha bor uringaniga qaramay, “Ayaks”ni braziliyalik hujumkor futbolchi Antonini qo‘yib yuborishga ko‘ndira olmadi.
Amsterdamliklar manchesterliklarning 90 million evrolik taklifini ham qabul qilmadi.
22 yoshli futbolchining o‘zi “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishni istayapti. Angliyaliklar o‘z safida Krishtianu Ronalduni saqlab qolib, hujum chizig‘iga Antonini ham qo‘shmoqchi.
Antoni klub uni qo‘yib yuborishi uchun ish tashlash qilishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Stiv Beyts ta’kidlashicha, iste’dodli hujumchi “Ayaks” uchun maydonga tushmasligini bildirgan.
Fikrlar