Ronalduning “Bavariya”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda jamoani tark etish niyatida emas, deya xabar beradi “Sky Sports”. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa qidirgani yo‘q.

37 yoshli portugaliyalik tez orada mankunianliklar safiga qaytadi va mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Bugun OAVda agar Robert Levandovski ketsa, Ronaldu faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Ammo, futbolchiga yaqin bo‘lgan manbalarning ta’kidlashicha, forvard “qizil iblislar” safini tark etish haqida o‘ylamayapti.

O‘tgan mavsumda portugaliyalik mankunianliklar safida barcha musobaqalar doirasidagi 38 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Hujumchining MYu bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!