Ronalduning do‘sti uning qaerda o‘ynamoqchi ekanini aytib qo‘ydi

  • 16 iyul, 2022, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning  Mundo Deportivo nashri “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning rejalari oshkor etilgan xabarni e’lon qildi.

Tecno

Ronalduning do‘sti Edu kutilmaganda “Chelsi”ning instagramdagi sahifasiga a’zo bo‘ldi. Ronalduning muxlislari Eduning “aristokratlar”ga obuna bo‘lganini Krishtianuning bu jamoaga o‘tishi bilan bog‘lamoqda.

Chunki Edu bundan bir necha yil muqaddam Ronalduning “Real”dan ketishini va “Yuventus”ga o‘tishini ma’lum qilgan edi. Avvaliga unga hech kim ishonmagan bo‘lsa-da, amalda hammasi u aytganidek bo‘lib chiqdi.

Ta’kidlash joizki, “Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli portugaliyalik yulduzni jamoaga olib kelishni istayapti. Lekin bosh murabbiy Tomas Tuxel bu transferga qat’iy qarshi chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!