Ronalduning goli yilning eng yaxshisi deb topildi (video)

  • 5 iyun, 2022, 17:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumdagi yana bir shaxsiy sovrinini qabul qilib oladigan bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, portugaliyalik futbolchi MYuning joriy mavsum APLda kiritilgan eng chiroyli goli muallifiga aylandi. Uning "Tottenhem" darvozasiga qariyb 30 metr masofadan urgan goli eng yaxshi deb topildi.

O‘sha kuni Krishtianu het-trikni rasmiylashtirgandi. Avvalroq, "qizil iblislar" muxlislari uni mavsum futbolchisi deb topgan edi.

37 yoshli hujumchi joriy mavsum avvalida mankuniyaliklar safiga kelib qo‘shilgandi. Quyida uning MYuning 2021/22 yilgi mavsumdagi eng chiroyli golini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!