Ronalduning Masharipov bilan tushgan rasmiga Xayrulla Hamidov, Davron Fayziev, Murod Rizaev va Jamoliddin Bobojonovning fikrlari

  • 13 yanvar, 2023, 16:19
  • 1
  • Futbol

Kuni kecha o‘zbek futbolida katta voqelik ro‘y berdi. Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi a’zosiga aylangan Krishtianu Ronaldu hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov bilan birga tushgan suratlarni instagramdagi sahifasiga joyladi.

Ushbu rasmlarga o‘zbek futboli jamoatchiligi ijtimoiy tarmoqlarda turli izohlar qoldirdi.

Ha aytgancha, Ronalduning instagramdagi sahifasida bitta reklamaning narxi 20 milliard so‘m atrofida.

photo_2023-01-13_00-55-34

Murod Rizaev (sharhlovchi): Juda o‘rtoq bo‘lib qolishdida...

Xayrulla Hamidov (sharhlovchi): Bir do‘stim bu rasmni ko‘rib: “KriRoning telefonini Jaloliddin olib qo‘yib ishlatmayotganmikan?” deb hazillashdi. Mening javobim oddiy bo‘ldi:

“Ronaldu O‘zbekistonga kelib ketgani, egan tuzi hurmati salom yo‘lladi, Masharipovga esa 7-raqam uchun minnatdorlik izhor etmoqda”.

Jamoliddin Bobojonov (jurnalist): Masharipov O‘zbekistonni eng iqtidorli futbolchilaridan biri. Aytmoqchiman-ki, Ronaldusiz ham shaxs. Balkim hozir undan yaxshiroqdir... “Uje” “Al-Hilol”ga sharmandalarcha yutqazishini istayapti bu ko‘ngil.

Davron Fayziev (sharhlovchi): Masharipov dunyodagi eng qimmat instagram sahifada qayd etildi).

Keyingi bosqich - Jaloliddinning uyida osh eb o‘tirgani).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
13/01/2023 17:07
Шох ва мот. Артист ютқазди.