Ronalduning ovozi chiqmay qoldi-ku!

  • 11.11.2022 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Nevill Angliya premer-ligasining 15-turida jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.

Bu bahsda manchesterliklar “Aston Villa”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

- Ronaldu “Manchester Yunayted”ga sardorlik qildi va jamoa yutqazdi. Uning vazifasi o‘yindan keyin vaziyatni tushuntirish edi. Agar jamoa qozonsa, gol urgan futbolchi yoki tarkibdagi eng mashhur yulduz o‘z fikrini aytadi.

Agar mag‘lubiyat bo‘lsa, darvozabon, markaziy himoyachi yoki jamoa sardori o‘yinga o‘z munosabatini bildirishi shart.

Nega mag‘lubiyatdan keyin Ronalduning ovozi o‘chib qoldi. Krishtianu o‘rtaga chiqib, hech bo‘lmaganda “Bu gal yo‘l qo‘ygan xatolarimizni qattiq mehnat qilish orqali keyingi uchrashuvgacha to‘g‘rilaymiz”, deyishi kerak edi. Olti oydan beri Ronalduning ovozi chiqqani yo‘q, - dedi Gari Nevill.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!