Ronalduning Portugaliyadagi obro‘siga putur etishi mumkin

  • 23 dekabr, 2022, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya futbol federatsiyatssining sobiq vitse-tsprezidenti Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni da’vogarlik qilayotgan 2030 yilgi jahon chempionatiga elchisi bo‘lishiga shubha qilmoqda.

Tecno

Sobiq amaldor Renascenca radiosiga bergan intervyusida 37 yoshli portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiyaning qo‘shma arizasi bo‘yicha elchi bo‘lishiga ishonishni istamasligini aytdi.

“Ronaldu qachonlardir kimningdir jahon chempionati uchun elchi bo‘lishiga shubha qilaman. Agar bu sodir  bo‘lsa, bu Krishtianuning Portugaliyadagi obro‘siga katta ta’sir qiladi", - deya qo‘shimcha qildi Portugaliya futbol federatsiyatssining sobiq rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi mundialga Portugaliya, Ispaniya va Ukraina ham qo‘shma ariza topshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!