Ronalduning quruq nomi qolgan xolos!

  • 29 avgust, 2022, 12:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Napoli”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.

Portugaliyalik hujumchining agenti Jorje Mendesh neapolliklarga 100 million evrolik hujumchisi Viktor Osimxenni sotishga ko‘maklashib, o‘rniga Ronalduni olib kelmoqchi.

2004-2008 yillar davomida “Napoli” sharafini himoya qilgan Roberto Sosa klub rahbariyatini tanlovda adashmaslikka chaqirdi.

- Transfer mavsumi oxirida bunaqa xabarlar ko‘payib ketishi odatiy holat. Menga qolsa, Viktor Osimxenni jamoada qoldirardim. Chunki u yosh, tez o‘syapti va u bilan ishlash foydaliroq. Ronalduning esa nomi va u borgan joyini larzaga soladi, - dedi Roberto Sosa.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!