Ronalduning “Siti”ga o‘tmaganiga Gvardiola bilan yoqimsiz suhbat sabab bo‘lgan

  • 28 avgust, 2021, 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni tanlagan Krishtianu Ronaldu uni qo‘lga kiritishga yaqin bo‘lgan “Manchester Siti”ga nega o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, besh karra “Oltin to‘p” sohibiga “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan bo‘lgan telefondagi suhbat chog‘ida ispaniyalik mutaxassisning munosabati yoqmagan

Manbalar Gvardiola Ronalduga “Agar kela olsang, shu erni o‘zida biror narsa o‘ylab topishga harakat qilamiz. Lekin men senga hech narsani kafolatlamayman”, - degani haqida xabar tarqatmoqda.

36 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 30 dan ziyod nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. UEFA Chempionlar ligasida besh bor zafar quchgan. Angliya, Ispaniya va Italiya chempioni, terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo‘lgan.

Ronaldu rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan rekordchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!