
Ronalduning tarafdorlari xursand. Messi Krishtianuning zo‘rligini tan oldi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi o‘zini hayratga soladigan sportchilar borligini alohida ta’kidladi.
- Sport olamida o‘z mehnatlari bilan hurmat qozongan insonlar bor. Masalan, Rafael Nadal, Rojer Federer, Lebron Jeyms. Har bir sport turida shunday yulduzlar bor. Futbolda esa, bu Krishtianu Ronaldu, - dedi Lionel Messi.
Krishtianu Ronaldu kuni kecha Globe Soccer nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada XXI asrning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Muxlislarning 38 foiz ovoziga ega chiqqan portugaliyalik hujumchi so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, Lionel Messi va Muhammad Salohni ortda qoldirdi.
Fikrlar