Ronalduning yuristlari ishga kirishdi

  • 15 noyabr, 2022, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Xagni tanqid qilgan Krishtianu Ronaldu klubni tark etishga yaqin turibdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduzning yuristlari “Manchester Yunayted” mutasaddilari bilan hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha ish boshlab yuborgan.

Krishtianu Ronaldu qishki transferlar oynasi ochilganiga qadar erkin agent maqomini olmoqchi. Avvalroq, klub agar futbolchi kompensatsiya talab qilmaydigan bo‘lsa, uning ketishiga qarshilik qilmasligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Ronaldu bu mavsum barcha turnirlarda 16 marta maydonga tushdi, raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, ikkita golga assistentlik qildi. Bu portugaliyalik yulduz faoliyatidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!