
Rossiya chempioni yangi mavsumni "Rotor" ustidan g‘alaba bilan boshladi
Hozirgina Rossiya Premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Rotor" - "Zenit" uchrashuvi yakunlandi.
«Volgograd-Arena»da kechgan bellashuvning birinchi taymi o‘rtalarida Dzyuba, ikkinchi taym oxirlariga yaqin Driussi tomonidan kiritilgan gollar chempionlarga ilk turdagi uch ochkoni taqdim etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix "Rotor" murabbiylar shtabida faoliyat yuritmoqda. Ushbu jamoa yangi mavsumni o‘z uyidagi mag‘lubiyat bilan boshladi.
Fikrlar