
Rossiya. Galiulin gol kiritdi, “Nefteximik” g‘alaba qozondi
Bugun Rossiya Milliy futbol ligasida 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan “Nefteximik” jamoasi o‘z maydonida “Orenburg”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 82-daqiqada jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. Mazkur bellashuvdan so‘ng “Nefteximik” hisobidagi ochkolar soni 44 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Milliy futbol ligasi. 26-tur
“Nefteximik” – “Orenburg” 2:1
Gollar: Galiulin (82), Terexov (90+3) – Obuxov (45).
Fikrlar