
Rossiya kelasi yil Osiyo kubogida ishtirok etadimi?
Rossiya futbol ittifoqi rahbari Aleksandr Dyukov mamlakat futboli OFKga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlardan kelib chiqib, Rossiya terma jamoasining kelasi yili Osiyo Kubogida ishtirok etishi haqidagi savolga javob berdi.
“Chetdan jamoa olib kelib, OFK a’zolarini “chopib” tashlash adolatdanmi? Musobaqadan tashqari ishtirok etish esa xunuk. Ularning o‘rnida men hech qachon bunday qilmagan bo‘lardim", - dedi Dyukov.
Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan ijroiya qo‘mita yig‘ilishida RFUni Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror 27 dekabrga belgilangan navbatdagi yig‘ilishda qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya FIFA va UEFA qarori bilan rasmiy turnirlardan chetlashtirilgan edi.
Fikrlar