Rossiya klubi Oston O‘runovni sotib olish fikridan qaytdi. Sababi...

  • 21.07.2022 18:29
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “Spartak” klubi yarim himoyachisi Oston O‘runovning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Tecno

Avvalroq, legionerimizga "Ximki" qiziqish bildirgani, biroq tomonlar Ostonning maoshi borasida kelisha olmagani xabar qilingandi.

“Qizil-qoralar” klubi kengashi a’zosi Roman Teryushkov “RB Sport” nashriga bergan intervyusida Oston O‘runovning transferiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uning aytishicha, “Ximki” optimal tarkibni tanlab bo‘lgan. Klub hozirgacha o‘zi uchun kerakli xaridlarni amalga oshirgan va shu bois, ular O‘runovni sotib olish fikridan qaytgan.

Ma’lumot o‘rnida, terma jamoamiz a’zosiga bir qancha Rossiya, Osiyo va o‘zbek klublari qiziqish bildirdi. Xususan, Namanganning “Navbahor”, Eronning “Istiqlol” va Janubiy Koreyaning “Chonbuk Motors” jamoalari Ostonni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Tohirbek
21/07/2022 19:11
sikvordilarig oma lekin Urunovni yozurib bolani sal tinch quyilar nima qilaslar xadeb yozurib muxlislargayam yomon kurinib qoladi