Rossiya kubogi. Oston O‘runov jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya kubogining chorak final bosqichi uchun qur’a tashlandi. Hamyurtimiz Oston O‘runov faoliyat olib boradigan "Ufa" jamoasi mazkur bosqichda Grozniyning "Axmat" klubi bilan safarda kuch sinashadigan bo‘ldi.

"Arsenal" (Tula) — TsSKA
"Axmat" — "Ufa"
"Krilya Sovetov" — "Dinamo"
"Sochi" — "Lokomotiv".

Chorak final uchrashuvlari 7 va 8 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!