Rossiya OFKga o‘tadimi?

  • 23 sentabr, 2022, 22:10
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Davlat Dumasi deputati Dmitriy Sviщev "sport-express" muxbiri bilan suhbatda RFIning Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

Tecno

"Osiyoga Futbol Konfederatsiyasiga o‘tamizmi? Buni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Ammo tez orada hammasi oldingi holatiga qaytariladi degan umiddamiz. Sababi, ko‘plab xalqaro tashkilotlar bundan manfaatdor”, - dedi Sviщev "sport-express" nashriga.

2 may kuni UEFA Ijroiya qo‘mitasi Rossiya klublari va jamoalarining tashkilot shafeligidagi musobaqalarda ishtirok etishi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qildi. Rossiya kelasi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmaydi, milliy terma jamoa esa Millatlar ligasida o‘ynamaydi. Qolaversa, Rossiya ayollar terma jamoasi 2022 yilgi Evropa chempionatida ishtirok eta olmaydi, shuningdek, yoshlar jamoalari, mini-futbol klublari va milliy terma jamoalar boshqa turnirlardan chetlashtiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!