Rossiya o‘z maydonida Shvetsiyaga yutqazib qo‘ydi (video)
Rossiya terma jamoasi bugun o‘z maydonida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Moskvadagi “Veb Arena” o‘yingohida kechgan qiziqarli bellashuv kutilmaganda 1:2 hisobida mezbonlarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shvetsiyaliklar safida gollarni Aleksander Isak (21') va Mattias Yuxansson (73') kiritdi. Ruslarning yagona javob to‘pini 90-daqiqada Aleksandr Sobolev kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar