
Rossiya premer-ligasi klublari bosh murabbiylari qancha maosh oladi?
Rossiyalik jurnalist Ivan Karpov o‘zining telegramdagi sahifasida Rossiya premer-ligasida eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra RPL murabbiylari orasida eng ko‘p maoshni "Rubin" ustozi Qurbon Berdiev oladi. Turkmanistonlik mutaxassisning Qozondagi yillik maoshi 3 mln evroni tashkil etadi.
Kuchli uchlikdan esa Yuriy Syomin ("Lokomotiv" 2 mln) hamda Viktor Goncharenko (TsSKA 1,5 mln) joy olgan.
4. Oleg Kononov ("Spartak") - 1,4 mln
5. Sergey Semak ("Zenit") - 1,2 mln;
6. Miodrag Bojovich ("Krylya Sovetov") - 0,7 mln;
7. Rashid Raximov ("Axmat") - 0,6 mln;
8. Murad Musaev ("Krasnodar") - 0,5 mln;
9. Dmitriy Alenichev ("Enisey") - 0,4 mln;
10-11. Vladimir Fedotov ("Orenburg) - 0,32 mln;
10-11. Dmitriy Parfyonov ("Ural") - 0,32 mln;
12-13. Valeriy Karpin ("Rostov") - 0,3 mln;
12-13. Igor Cherevchenko ("Arsenal") - 0,3 mln;
14. Vadim Evseev ("Ufa") - 0,24 mln;
15. Dmitriy Xoxlov ("Dinamo") - 0,18 mln;
16. Magomed Adiev ("Anji") - 0,12 mln.
Fikrlar