Rossiya premer-ligasi o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortgan futbolchilarni jiddiy jazolamoqchi

  • 30 aprel, 2019, 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Sergey Alekseevning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot o‘yinlardan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot qilishdan bosh tortgan futbolchilarni jazolash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

“Futbolchilar o‘yindan so‘ng mikst-zonadan to‘liq tartibda o‘tishlarini ta’minlash uchun bu borada reglamentga o‘zgartirishlar kiritib, jiddiy jazo choralarini joriy etmoqchimiz. Hozir aksariyat futbolchilar mikst-zonadan o‘tishmaydi, bu esa reglamentning buzilishi hisoblanadi. Endi klublar bu borada futbolchilar bilan ishlashadi”, - deydi Alekseev.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda RPLda Vitaliy Denisov, Vadim Afonin va Eldor Shomurodov kabi futbolchilarimiz to‘p surishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!