
Rossiya Superkubogi Qatarda o‘tkazilishi mumkin
Rossiya premer-ligasi prezidenti Sergey Pryadkin kelajakda hal qiluvchi bahslar xorijiy davlatlarda o‘tkazilishi mumkinligini yashirmayapti.
“Biz Rossiya premer-ligasidagilar chempionatning joriy mavsumidagi markaziy o‘yinlarni chetda o‘tkazmoqchi emasmiz, biz bu ishni masalan Superkubok bahsidan boshlashimiz mumkin. Bu bitta o‘yindan iborat alohida turnir hisoblanadi. Bu borada bizda takliflar ham bor. Biz ushbu masala yuzasidan Qatar bilan muzokaralar o‘tkazdik va hal qiluvchi o‘yinlarni ushbu mamlakatda o‘tkazish masalasini muhokama qildik”, - deydi Pryadkin.
Fikrlar