Rossiya terma jamoasining iyun oyidagi Evro-2020 saralash bahslari uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

  • 14 may, 2019, 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan San-Marino va Kiprga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.

Tecno

Qayd etish lozimki, Stanislav Cherchesov bu boradagi yakuniy ro‘yxatni kelasi hafta e’lon qiladi.

Darvozabonlar: Aleksandr Belenov ("Ufa"), Marinato Gilerme ("Lokomotiv"), Soslan Djanaev ("Medz" Polsha), Andrey Lunev ("Zenit"), Sergey Pesyakov ("Rostov"), Anton Shunin ("Dinamo").

Himoyachilar: Maksim Belyaev ("Arsenal"), Georgiy Djikiya ("Spartak"), Vladislav Ignatev ("Lokomotiv"), Vyacheslav Karavaev ("Vitess" Gollandiya), Fedor Kudryashov ("Istanbul Bashakshexir" Turtsiya), Mixail Merkulov ("Ural"), Roman Noyshtedter ("Fenerbaxche" Turtsiya), Sergey Petrov, Dmitriy Stotskiy (ikkalasi - "Krasnodar"), Andrey Semenov ("Axmat"), Egor Sorokin ("Rubin"), Mario Fernandes (TsSKA), Evgeniy Chernov ("Rostov").

Yarim himoyachilar: Ilzat Axmetov, Ivan Oblyakov (oba - TsSKA), Zelimxan Bakaev, Reziuan Mirzov (ikkalasi - "Arsenal"), Dmitriy Barinov, Aleksey Miranchuk, Anton Miranchuk (barchasi - "Lokomotiv"), Yuriy Gazinskiy ("Krasnodar"), Aleksandr Golovin ("Monako" Frantsiya), Roman Zobnin ("Spartak"), Aleksey Ionov ("Rostov"), Magomed Ozdoev ("Zenit"), Aleksey Sutormin ("Orenburg"), Anton Shvets ("Axmat").

Hujumchilar: Artem Dzyuba ("Zenit"), Nikolay Komlichenko ("Mlada-Boleslav" Chexiya), Fedor Smolov ("Lokomotiv"), Fedor Chalov (TsSKA).

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi dastlab 8 iyun kuni Saranskda San-Marinoni qabul qiladi. Oradan 3 kun o‘tib, ya’ni 11 iyun kuni esa Kiprga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Nijniy Novgorod shahrida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!