Rossiya yaqin 2 ta Olimpiya o‘yinlarida o‘yinlarida madhiya o‘rniga "Katyusha"dan foydalana olmaydi

  • 15 mart, 2021, 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Oliy sport arbitraj sudi (CAS) Rossiyaning «Katyusha» qo‘shig‘ini Tokio va Pekin Olimpiya o‘yinlarida mamlakat madhiyasi o‘rnida foydalanishi haqidagi da’vosini qanoatlantirmadi.

Tecno

CAS tushuntirishicha, madhiyadan foydalanish taqiqi Rossiya bilan bog‘liq barcha qo‘shiqlarga, shu jumladan, «Katyusha»ga ham tegishlidir. Olimpiya o‘yinlarida rossiyalik sportchilar qaysi musiqa ostida mukofotlanishi lozimligi to‘g‘risida qarorni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, CASning avvalgi qaroriga ko‘ra, rossiyaliklar 2022 yil 16 dekabrga qadar Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida o‘z bayrog‘i va madhiyasi ostida ishtirok etishdan mahrum etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!