
Rossiyaga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga bosim bo‘lganmi?
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yoki Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan hech qanday bosimga duch kelmadi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar berdi.
"Yo‘q, FIFA va OFK tomonidan hech qanday bosim bo‘lmagan. O‘yin 33 500 tomoshabinga mo‘ljallangan "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv kuni stadion to‘lishi kutilmoqda", - deb ma’lumot bergan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rus nashriga.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 16 noyabr kuni Qozog‘iston bilan, 20 noyabr kuni esa Rossiya bilan o‘ynaydi. Har ikki bellashuv ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar