Rossiyalik go‘zal kelajakda tennis qiroli kim bo‘lishini aytdi

  • 2 dekabr, 2016, 18:10
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
 
Rossiyalik mashhur tennischi Anna Chakvetadze sportchilik faoliyatini yakunlaganiga qaramay tennis o‘yinlarini muntazam kuzatib bormoqda.
 
Anna Chakvetadze tennis olamida porlay boshlagan yosh tennischilar va ularning imkoniyatlari haqida gapirdi.
 
- Yosh tennischilardan Dominik Timga muxlislik qilaman, - dedi Anna Chakvetadze. - Iste’dod egalari orasida Key Nisikori, Marin Chilich va Nik Kiros kelajakda yuqori natijaga erishishi mumkin. Menimcha, Nik Kiros o‘zining iqtidori tufayli bir necha yil ichida jahon reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarila oladi. Lekin u erda uzoq qolmasligi aniq.
 
Anna Chakvetadze o‘z vaqtida jahon reytingida beshinchi pog‘onaga ko‘tarilgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!