Rossiyalik milliarder "Manchester Yunayted"ni sotib olishi rostmi?
Rossiyalik oligarx Mixail Proxorov "Manchester Yunayted"ni sotib olishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq, rossiyalik milliarderda MYuni sotib olish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo keyinchalik uning o‘zi ushbu xabarlarni inkor etdi va APL grandini xarid qilish uning rejalariga kirmasligini aytdi.
Proxorov 2009-2019 yillarda "Bruklin Nets" basketbol jamoasining boshqaruv aktsiyalariga egalik qilgan. Uning ayni damdagi boyligi 11,3 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda.
“Manchester Yunayted” hozirda amerikalik Gleyzerlar oilasiga tegishli.

Fikrlar