Rossiyalik MMA jangchisi ham Habib Nurmagomedovning taqdirlanishiga qarshi chiqdi

  • 06.11.2020 08:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik MMA jangchisi Vitaliy Minakov UFC chempioni Habib Nurmagomedovga “Rossiya Qahramoni” unvonini berish g‘oyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalroq, ushbu tashabbusni Davlat Dumasi deputati Gajimurod Omarov ilgari surgandi.

"Agar, voqeliklarga ob’ektiv qarasangiz, Habib Rossiya sporti uchun juda ko‘p ish qildi, ammo bu “Rossiya Qahramoni” unvonini olish uchun asos emas. Bu ortiqcha narsa. Bunday unvon insoniy qahramonlik uchun beriladi. Sport yo‘nalishida emas, bu aniq. Sportchilarni boshqa tarafdan rag‘batlantirish choralari mavjud. Habib alohida tarzdagi mukofotga loyiq. Agar, siz sport yutuqlari uchun qahramon unvonini bersangiz, u holda biznes yoki boshqa sohadagi taniqli insonlar ham ushbu mukofotni so‘rashlari mumkin. Mazkur mukofot, agar, shu tarzda berilsa, u holda o‘zining muqaddas qiymatini yo‘qotadi. Men bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlamayman. Ammo, takror aytaman, Habib sportni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi”, - deya Minakovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Chempionat".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!