Rossiyalik nokautchi jahon chempioni Artur Beterbiev navbatdagi jangini o‘tkazadi

  • 13 oktabr, 2021, 08:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida (-79,3 kg) WBC va IBF chempioni Artur Beterbiev (16-0, 16KO) o‘zining navbatdagi jangini 17 dekabr kuni WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar hisoblangan Markus Braunga (21-1, 16KO) qarshi o‘tkazadi. Ushbu jang kechasi Top Rank kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, Kanadaning Monreal shahridagi "Bell Centre" arenasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Jang uchun tashkil etilgan promouterlik auktsionini Top Rank kompaniyasi 1,105,000 dollar evaziga sotib olgan edi. Ushbu mablag‘lardan 70 foizi (696,150 dollar) chempion Beterbievga, 30 foizi (298,350 dollar) da’vogar Braunga kafolatlangan gonanar sifatida ajratilgan.

FBhzvxNXsAAoQ7x

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!