Rossiyalik zo‘ravon futbolchilarga sud hukm qildi

  • 8 may, 2019, 21:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilning kuzida Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin hamda "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev Rossiyaning Birinchi kanal boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisini Vitaliy Solovchuk va avtomobil sanoati departamenti direktori Denis Pakni do‘pposlashgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Moskva sudi ushbu zo‘ravon futbolchilar masalasida yakuniy hukmni e’lon qildi. Unga ko‘ra Kokorin 1 yil 6 oy, Mamaev esa 1 yil 5 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!