Rossiyaliklar Shomurodov duelini kutyapti!

Evropa miqyosidagi yangi turnir – Konferentsiyalar ligasining hal qiluvchi pallasi etib keldi. UEFA tasnifidagi uchinchi xalqaro musobaqaning saralash, guruh, pley-off bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib kelgan Italiyaning “Roma” va Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoalari bosh sovrin uchun bo‘ladigan so‘nggi bellashuvda o‘zaro to‘qnashadi.

“Roma” rahbariyati bir yil muqaddam jamoani Joze Mourinoga topshirganida portugaliyalik mutaxassis oldiga yangi mavsum uchun uchta – Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, Italiya kubogida g‘olib chiqish va Konferentsiyalar ligasida bosh sovringa ega chiqish vazifasini yuklagan edi.

roma-obygrala-lester-i-vyshla-v-final-ligi-konferencij_1651784825789269862

Mourino dactlabki ikki vazifani uddalay olmadi. Lekin Joze xalqaro miqyosidagi yurishini davom ettirayotgan yagona Italiya jamoasi bosh murabbiyi sifatida Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish orqali mavsumni muvaffaqiyatli yakunlab qo‘yish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega.

“Roma”ning ushbu turnirdagi yurishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “bo‘rilar” final ostonasigacha uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Mourino shogirdlari bu yo‘lda Turkiyaning “Trabzonspor”, Ukrainaning “Zarya”, Bolgariyaning TsSKA, Norvegiyaning “Budyo-Glimt”, Niderlandiyaning “Vitess” va Angliyaning “Lester” jamoalarini ortda qoldirdi.

“Feyenoord” ham finalgacha “ko‘hna qit’a”ning turli jamoalari bilan kuch sinashdi. Xususan, Niderlandiyaliklar Kosovoning “Drita”, Shveytsariyaning “Lyutsern”,  Shvetsiyaning “Elfsborg”, Germaniyaning “Union Berlin”, Isroilning “Makkabi Xayfa”, Serbiyaning “Partizan”, Chexiyaning “Slaviya” va Frantsiyaning “Marsel” klublari to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tib, finalga loyiq ekanini isbotladi.

Yangi turnirning final uchrashuvi ko‘pchilikning e’tiborida turibdi. Tabiiyki, o‘zbekistonlik futbol muxlislari Eldor Shomurodovning hurmati yuzasidan bo‘lajak bahsda “Roma”ga ishqibozlik qiladi. Qolaversa, legionerimiz Evropadagi dastlabki sovrinini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi.

Shomurodovga butun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi futbol ixlosmandlari ham muxlislik qilayotgani sir emas. Xususan, Rossiyadagi futbol mutaxassislari va muxlislari Konferentsiyalar ligasi finalida Rossiya premer-ligasida o‘ynagan ikki futbolchi o‘zaro to‘qnash kelishiga e’tibor qaratmoqda.

Eldor kuchli beshlik chempionatlaridagi yurishini boshlashdan oldin Rossiya premer-ligasida “Rostov” sharafini munosib himoya qilgan. Hamyurtimiz  2017-2020 yillar davomida barcha turnirlarda 91 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qilgan.

large_7

“Feyenoord” hujumkor futbolchisi Gus Til ham Rossiya chempionatida to‘p tepgan. U 2019 yili “AZ Alkmaar” klubidan 18 million evro evaziga “Spartak” jamoasiga transfer qilindi. Biroq, Shomurodovdan farqli ravishda 24 yoshli o‘yinchining Rossiya premer-ligasidagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi.

Moskvaliklar Tilni avvaliga “Frayburg”ga keyin esa, “Feyenoord”ga ijaraga berib yubordi. O‘tgan yili yozda o‘z yurtiga qaytgan Gus yana avvalgidek yuqori saviyada o‘ynay boshladi. Ayni paytda u “Feyenoord”ning asosiy to‘purari hisoblanadi.

Gus Til Niderlandiya chempionatida 30 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas berdi. Konferentsiyalar ligasida 15 ta o‘yinda oltita gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

futbolist-spartaka-gus-til_16276473661332765654

Konferentsiyalar ligasining “Roma” va “Feyenoord” o‘rtasidagi final uchrashuvi 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahrida bo‘lib o‘tadi.

G‘olib jamoa bosh sovrindan tashqari kelasi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritadi.

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!

Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!

Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!