
Rossiyaning Qatarga qarshi o‘yini FIFA reytingiga kiritilmaydi
12-sentyabr kuni Rossiya terma jamoasi Qatarga qarshi mehmonda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu o‘yin FIFA reytingida hisobga olinmaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
Qatar - Rossiya uchrashuvi seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, sanktsiyalar tufayli Rossiya terma jamoasi hozirda rasmiy o‘yinlarni o‘tkazmayapti.
Fikrlar