
“Rostov” Eldor o‘rniga O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchini olyapti
“Tambov” sport direktori Pavel Xudyakov jamoa hujumchisi Vladimir Obuxov “Rostov”ga ko‘chib o‘tayotganini ma’lum qildi.
- Ha, Volodya “Rostov”ga ko‘chib o‘tyapti. Transfer summasi bizni qoniqtiradi. Bugun hammasi hal bo‘lib, masalaga yakuniy nuqta qo‘yiladi, - dedi Xudyakov.
Vladimir Obuxov asli Buxoroda tug‘ilgan va sakkiz yoshida oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. Uning “Tambov” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha tuzilgan edi.
Obuxov “Rostov”da Italiyaga ketishi hal bo‘lgan Eldor Shomurodovning o‘rnini egallashi kerak.
“Rostov” Shomurodov o‘rniga Buxoroda tug‘ilgan hujumchini oladi
“Jenoa” futbolchilari Shomurodovni kutib ololmaydi
Yangi ma’lumot. Shomurodov Italiya klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi
Rossiya premer-ligasida Buxoroda tug‘ilgan futbolchi o‘ynayapti
Fikrlar