"Rostov" futbolchisi APL klubiga o‘tishi mumkin

  • 30 sentabr, 2020, 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" yarim himoyachisi Dennis Xajikadunich faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Inside Futbol nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli shvetsiyalik futbolchining xizmatlariga "Vest Xem" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rostovliklar esa uni 5 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Xajikadunich 2018 yildan buyon “Rostov” safida harakat qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!