"Rostov" safarda "Spartak"ni tor-mor keltirdi. Shomurodovdan super assist (video)
Kecha Rossiya premer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan “Spartak” hamda “Rostov” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli kechgan bellashuv 1:4 hisobida rostovliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 74-daqiqada zaxiraga olindi. U jamoasining gollaridan biriga assitentlik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar