"Rostov" spirtli ichimlikka berilgan legioneri bilan xayrlashdi
"Rostov" himoyachisi Ragnar Sigurdsson jamoani tark etdi.
33 yoshli islandiyalik futbolchida spirtli ichimlik bilan jiddiy muammo yuzaga kelgan, deb xabar berishmoqda Rossiya matbuotlari.
Sigurdsson jamoadoshlari, murabbiylar shtabi va rahbariyatdan o‘z uzrini so‘ragan, ammo u bilan kelishuv baribir bekor qilindi.
Himoyachi 1 yanvar kuni "Rostov" bilan rasman xayrlashdi.

Fikrlar