
Roxo tez orada MYudan ketishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Markos Roxo yaqin vaqtlar ichida jamoadan ketishi mumkin.
Daily Mail nashrining yozishicha “qizil iblislar” 29 yoshli futbolchini Argentinaning “Estudiantes” klubiga ijaraga berib yuborishga rozilik bildirishgan. Unga ko‘ra Roxo ushbu jamoada yozgacha to‘p suradi.
Aytish kerakki, Roxoning “Estudiantes”ga o‘tishiga asosiy sababchi Xuan-Sebastyan Veron hisoblanadi. U o‘z vaqtida “Manchester Yunayted”da to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Roxo joriy mavsum MYu safida premer-ligada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar