Roy Jons Emelyanenkoni jangga chorladi

  • 8 noyabr, 2021, 00:53
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

To‘rt dvizion bo‘yicha sobiq jahon chempioni Roy Jons og‘ir vazndagi "Bellator" jangchisi Fedor Emelyanenko bilan ko‘rgazmali jangda ishtirok etmoqchiligini bildirdi. 

"Fyodor, uka, sen oxirgi jangingda ajoyib ishlading. Agar sen bilan ko‘rgazma jangini o‘tkazsak, juda ham zo‘r bo‘lardi. 

Agar javobing yo‘q bo‘lsa, buni ham tushunaman, biroq men qariyaman. Sen esa ancha yoshsan va ajoyib g‘alabaga erishding. Shu sababdan, ikki afsona balki ringni bo‘lib olarmiz. Bu men uchun sharaf va zavq bo‘lardi", - dedi Jons. 

Eslatib o‘tamiz, Roy so‘nggi jangini o‘tgan yili noyabr oyida Mayk Taysonga qarshi o‘tkazgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
08/11/2021 09:44
Рой Жонс Чагаев билан кургазмали жангни Тошкентда утказса яхши булар эди. Жангдан кейин ёш боксчиларга мастер-класс утказса янада зур булар эди.