Roy Kin ayni paytdagi APLning eng yaxshi 3 nafar futbolchisi kimlar ekanligini aytdi

  • 12 oktabr, 2022, 09:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy yarim himoyachisi Roy Kin Angliya Premer ligasining ayni damdagi uch nafar eng yaxshi futbolchisi kim ekanligi haqida gapirdi.

Irlandiyalik sobif futboli "Sky Sports" telekanalidagi ko‘rsatuvda "Manchester Siti"ning asosiy yulduzlari Erling Xoland va Kevin de Bryuyne, shuningdek, "qizil iblislar"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduni alohida ta’kidladi.

"Xolandning keyingi bir necha yil ichida nimaga erisha olishini kutish kerak, ayniqsa "Siti"dek kuchli jamoa va Xosep Gvardiola bilan ishlash unga ko‘plab yo‘llarni ochadi. Ronalduga esa yaqinda faoliyatidagi 700-golini urgani uchun minnatdorchilik bildirishingiz kerak”, - dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, "Everton"ga qarshi o‘yinda Krishtianu klublar darajasidagi 700-golini kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!