
Roys jarohatidan forig‘ bo‘ldi
Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marko Roys jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Bu haqda nemis matbuoti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, jarohat Roysga Qatardagi jahon chempionatida o‘ynashga imkon bermadi. Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichidan o‘ta olmay, sharmandalarcha turnirni tark etdi.
Ma’lumot uchun, Roys tez orada 2022/2023 yilgi mavsumining ikkinchi qismi uchun to‘liq mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
Fikrlar