Ro‘ziqul Berdiev: Bugun vodiydan qaytib, yana vodiy sari otlanadigan bo‘ldik

  • 8 dekabr, 2020, 21:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zingizga ma’lum, bugun O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1/8 final uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi va keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalarning nomlari ham aniq bo‘ldi.

Tecno

Barcha uchrashuvlar nihoyasiga etganidan so‘ng, qur’a tashlandi va uning natijasiga ko‘ra, “Nasaf” jamoasi yana bir bor vodiyga safar qiladigan bo‘ldi.

“Ajdarlar” O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1/4 finalida Namanganning “Navbahor” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Marosim yakunlaganidan so‘ng, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev klub matbuot xizmatiga  qur’a natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.

- O‘zlaring bilasizlar, kecha Andijonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, bugun tushga yaqin Qarshiga etib keldik. Keyingi bosqichda o‘z uyimizda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynaymiz, deb umid qilgandim, lekin qur’a shuni ko‘rsatdiki, bugun vodiydan qaytgan bo‘lsak-da yana vodiyga ketadigan bo‘ldik.

Barchaga ma’lum, bu yilgi O‘zbekiston kubogi finali Namanganda bo‘lib o‘tadi. Tabiiyki mezbonlar ham shunga yarasha o‘yin ko‘rsatadi. Vaholanki, “Navbahor” jamoasi o‘z uyida yaxshi futbol namoyish etadi. Muxlislar qiziqarli va shiddatli bahsga guvohi bo‘ladi, deb o‘ylayman, - deydi Ro‘ziqul Berdiev.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 12 dekabr kuni soat 16:00 da Namangandagi “Navbahor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
09/12/2020 12:14
ХАККОНИЙ КУРА ТАШЛАШ БУМАДИ 100% НАВБАҲОР ПАХТАКОР ТУШИШ КЕРАК ЕДИ БУЙИРДА НАСАФДЕК ЖАМОАНИ ФАКАТ УТ ОРАСИДА КУЯСИЗЛА ИНДИГИНА ВОДИЙДАН КЕЛИБ ЯНА ВОДИЙГА БОРИШ ОСОН ДИБ УЙЛАШАДИ ТИППАДАКИЛА МАЙЛИ ХАММАНГГА ИНСОФ БЕРСИН ОЛЛОХИМ ШУ КИГАНЛАРИНГА НАСАФ НАВБАҲОРНИ ЙИНГИБ ФИНАЛДА ПАХТАКОР БИЛАН УЙНАБ ЧЕМПИОН БУЛСИН ИЛОХИМ ОМИН