Ro‘ziqul Berdiev: "Faqatgina 2-taymda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik"

  • 12.04.2022 00:33
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Vehdat" uchrashuvida vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Guvohi bo‘lganingizdek, ikki xil taym ko‘rdik. Birinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga qiynaldik, ammo ikkinchi 45 daqiqalikda rejalarimizni maydonda ko‘rsata oldik. Raqib to‘p nazoratini yaxshi amalga oshirgani uchun birinchi taymda bu oson kechmadi. Ikkinchi bo‘limga kelsak, raqib charchadi va biz bo‘lim oxirida xujumlar sonini oshirdik, natijada, gol urishga muvaffaq bo‘ldik".

Hozircha guruh peshqadami bo‘lib turibmiz. Ammo birozdan so‘ng kvartetdagi ikkinchi bahs start oladi. Bu bellashuv natijasi haqida nimadir deya olmayman. Bu - futbol. Oldimizda yana 4 ta o‘yin bor, barchasi o‘zgarib ketishi mumkin.

Marko Stanoevich: "Biz bugun o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimiz, darajamiz va mentalitetimizni ko‘rsatishga harakat qildik, murabbiyning ko‘rsatmalari bizga katta yordam berdi, shu omillar g‘alabaga sabab bo‘ldi deb o‘ylayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хужакулов Хуршидбек
12/04/2022 00:39
Гап йўқ Рўзи ака олга
Gulomqodir Askhanov
12/04/2022 09:10
Маза килиб футбол курдим адреналин хам яхши олдим хакикий мехнатни Яна Бир маротаба натижасини курсатиб куйишди канча пул олишса хам арзийди .
&
Abdulla Hikmatov
12/04/2022 00:47
Mujikiiiii