Ro‘ziqul Berdiev: Hatto "Real" ham shu o‘yin uslubi bilan g‘alaba qozondi. Bu zamon talabi!
Ertaga O‘zbekiston Superkubogi uchun "Paxtakor" hamda "Nasaf" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur bellashuv oldidan "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida uning o‘yinoldi fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Assalomu alaykum, barchaga. Finalda o‘ynash juda ham yoqimli. Kubokni qo‘lga kiritish esa ikki baravar zavqli. Ertangi bo‘ladigan o‘yinda muxlislarni xursand qilish uchun bizda ajoyib imkoniyat bor. Tayyorgarlik me’yorida bo‘ldi. Yigitlarning barchasi o‘yinga shay holatda.
- "Nasaf" kutilmaganda kubokdan chiqib ketdi. Endi superkubok jamoa uchun qanchalik muhim?
- Biz "Paxtakor" bilan qatorasiga uchinchi bor Superkubok uchun kurash olib boryapmiz. Kubokdan chiqib ketish biz uchun org‘riqli bo‘ldi. "Navbahor"dan uchralgan mag‘lubiyat vazifamizni ancha og‘irlashtirib qo‘ydi. Yigitlarda kubok uchrashuvlari uchun motivatsiya biz istagandek bo‘lmadi. Qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, bizda hali imkoniyat bor. Faqat oldinga qarab yurishimiz kerak.
- "Nasaf" tarkibida ko‘plab yo‘qotishlar bor va ularning aksari himoya chizig‘i bilan bog‘liq. Mana shu qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
- Har bir futbolchimizning o‘z o‘rni bor. Hozirga kelib, yo‘qotishlar bizga juda bosh og‘riq bo‘lyapti. Shunga qaramay, biz o‘z zaxiramizdan foydalanishga harakat qilamiz. Bahona qilmaymiz va o‘z imkoniyatlarimizdan maksimal foydalanamiz.
- Ertangi o‘yin uchun jamoani qanday uyg‘ota olasiz?
- Ko‘p narsa talab qilish shart emas. 100 ta uchrashuv esdan chiqishi mumkin, ammo bu bellashuv esda qoladi. Avvalgi o‘yinlarimizda u qadar o‘zimizni ko‘rsata olmayotgandirmiz. Bu ko‘proq yigitlarni ruhiy tayyorgarligi bilan bog‘liq.
- Tarkibga bir qator hujumkor futbolchilar kelganiga qaramay, jamoa himoyaviy futbol namoyish etyapti. Shu haqda nima deya olasiz?
- Bu hozirgi zamon futbolchini tendentsiyasi hisoblanadi va zamonaviy futbol talabi. Hatto Chempionlar ligasida "Real" ham shu o‘yin uslubi bilan g‘alaba qozondi. Tarkibga kelganlarni aytishdan oldin, ketganlarga ham to‘xtalib o‘tish kerak.
- Shatskix bilan oxirgi uchrashuvlarimda ijobiy natija qayd etilgan. Biroq murabbiylar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bahsga kirishmayman. Jamoalar qarama-qarshiligiga kelsak, ikkala klub ham hujumkor o‘yinni xohlaydi. Biroq natija tarixda qoladi. Shunday ekan, extiyotkorlik ham asqatadi.
- Cheranga qarshi qanday o‘ynash kerakligini yigitlarga tushuntirdim. U bosh bilan o‘ynay oladigan o‘ta aqlli futbolchi. U kabi imkoniyatlardan samarali foydalanadigan futbolchilar chempionatimizda kam. Akmal Mozgovoy markaziy himoyada o‘ynaydi.
- Raqibning bu holatidan kelib chiqib, hujumkorroq futbol namoyish etishning iloji bormi?
- Bitta o‘yinga tayyorgarlik har qanday jamoada maksimal darajaga chiqarish mumkin. "Paxtakor" bizga qarshi namoyish qilgan futbolni doim ko‘rsatib kelganda, hozir jadvalda birinchi o‘rinda turgan bo‘lardi. O‘ylaymanki, raqib ertaga bo‘ladigan o‘yin uchun etarlicha motivatsiya topa oladi. "Paxtakor"ni ko‘p futbolchilar tark etganiga qaramay, yosh va iste’dodli o‘yinchilar etarli.
- Futbolimiz darajasi va muxlislik ham ancha o‘sishga erishdi. Vodiyda bo‘ladigan ayrim uchrashuvlarda saviyani muxlislarning tashrifi ko‘rsatib beryapti. Har qanday jamoa muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj. Ertangi uchrashuvga ham qiziqish katta. Fikrimcha, "Bunyodkor" stadionida ajoyib muhit guvohi bo‘lamiz.
Fikrlar