
Ro‘ziqul Berdiev: "Lokomotiv" jiddiy raqib"
O‘zingizga ma’lum, kecha O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga qur’a tashlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra «ajdarlar» Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Bu haqida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz so‘ngi paytlarda Kubok doirasidagi bellashuvlarda asosan safarda o‘ynayotgandik. Bu safargi qur’a bizga o‘z uyimizda o‘ynash imkoniyatini taqdim etdi. «Lokomotiv» - jiddiy raqib. «Temiryo‘lchilar» safida tajribali futbolchilar jamlangan. Bizni oldinda bir jamoa bilan ikkita qiziqarli bahs kutib turibdi” — deydi Ro‘ziqul Berdiev.
«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar